Yangiliklar

.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkaziladi

16-iyul 2026-yil
image

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Xiva tumanida bo‘lib o‘tadi.

 

Sayyor qabul davomida fuqarolarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaatlari, takliflari hamda muammolari tinglanib, ularni joyida o‘rganish va amaliy yechim topish choralari ko‘riladi.

Sana: 2026-yil 22-iyul
Vaqt: soat 11:00
Manzil: Xiva tumani, 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Gulshan mahallasi).

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaati mavjud barcha fuqarolar sayyor qabulda ishtirok etishga taklif etiladi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb