Yangiliklar
"USTOZLAR MILLIY FORUMI – 2026": TA'LIM TARAQQIYOTI SARI YANGI QADAM
15-iyul 2026-yil
Joriy yilning 9–11-avgust kunlari mamlakatimizda an'anaviy avgust kengashlari yangicha formatda "Ustozlar milliy forumi" sifatida o'tkaziladi.
Mazkur forum ta'lim tizimidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilg'or tajribalarni ommalashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.
Forum respublika, hudud, tuman (shahar) va maktab bosqichlarida tashkil etilib, unda ta'lim sohasi rahbarlari, maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari, pedagoglar hamda mutaxassislar ishtirok etadi.
Xorazm viloyatida ham forum doirasida ta'lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish, sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi.
Forum doirasidagi tadbirlar, yangiliklar va muhim ma'lumotlar Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy axborot resurslarida muntazam yoritib boriladi.