Yangiliklar
«OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
14-iyul 2026-yil
Tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqot bo‘yicha Shtab tashkil qilingan.
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi va hududiy shtabi faoliyat yuritmoqda.
Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan.
Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).
1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting.
@ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay.
https://telegram.me/biznes_ombudsman orqali yangiliklardan xabardor bo'lish imkoniyati mavjud!
OCHIQ MULOQOT 2026 (https://t.me/Ochiqmuloqot2026)