Yangiliklar
Xorazm viloyatidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi
13-iyul 2026-yil
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan odatiy tartibda qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Xorazm viloyatida joriy hafta davomida havo haroratining 44–45°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan, Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining tavsiyasiga muvofiq, maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida 2026-yil 14–17-iyul kunlari viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan odatiy tartibda qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ota-onalardan ushbu vaqtinchalik cheklovni farzandlar salomatligini asrashga qaratilgan profilaktik chora sifatida to‘g‘ri qabul qilishlarini hamda mazkur davrda bolalarning salomatligiga alohida e'tibor qaratishlarini so‘raydi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Axborot xizmati