Yangiliklar

.

Xiva tumanidagi 7-son maktabda “Dolzarb 90 kun” doirasidagi to‘garaklar faoliyati davom etmoqda

9-iyul 2026-yil
image

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday mashg‘ulotlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Xiva tumanidagi 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli yo‘nalishlarda to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Maktabda fan, sport, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar hamda ijodiy yo‘nalishlarni qamrab olgan to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish, ularning intellektual hamda ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, to‘garaklar orqali o‘quvchilar yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday mashg‘ulotlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb