Yangiliklar
Xorazmda “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi
8-iyul 2026-yil
Mazkur tanlovlarda viloyat bo‘ylab qariyb 165 ming nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Yakuniy bosqichda 48 nafar g‘olib diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xorazm viloyati Kelajak markazi hamda Bolalar kutubxonasi hamkorligida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” tashkil etildi.
Festivalda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari, Bolalar kutubxonasi jamoasi, kitobsevar o‘quvchilar, ota-onalar, kutubxonachilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rik-tanlovlar yakunlari sarhisob qilinib, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi” hamda “Eng faol kutubxonachi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.
Mazkur tanlovlarda viloyat bo‘ylab qariyb 165 ming nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Yakuniy bosqichda 48 nafar g‘olib diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Festival davomida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari, badiiy chiqishlar va musiqiy dasturlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Mazkur festival yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa an’analarini keng targ‘ib etish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.