Yangiliklar

.

 Inklyuziv ta’lim maktablarida to‘siqsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi

6-iyul 2026-yil
image

Seminarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X. Bektemirov hamda Ijtimoiy inspeksiya Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i M. Oltiyev ishtirok etdi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Ijtimoiy inspeksiya Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida inklyuziv ta’lim maktablarida to‘siqsiz muhit yaratish masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X. Bektemirov hamda Ijtimoiy inspeksiya Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i M. Oltiyev ishtirok etdi.

Tadbirga viloyatdagi 125 ta inklyuziv ta’lim maktabi direktorlari, shuningdek, tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari jalb qilindi. Seminar davomida inklyuziv ta’lim muassasalarida to‘siqsiz muhitni shakllantirish, korreksion xonalarni zamonaviy talablar asosida jihozlash hamda mavjud me’yoriy hujjatlar yuzasidan taqdimot va amaliy tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy inspeksiya Xorazm viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi F. Sadullayev inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablarda to‘siqsiz muhitni yaratishda amal qilinishi lozim bo‘lgan me’yoriy talablar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassisi M. Xajiyev korreksion xonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash va ularni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda Xorazm viloyatidagi 125 ta inklyuziv maktabning 334 ta sinfida 472 nafar alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchi ta’lim olmoqda. 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab yana 72 ta umumta’lim maktabida inklyuziv sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb