Yangiliklar

.

Yangibozor tumanida bitiruvchilarga oltin va kumush medallar tantanali topshirildi

3-iyul 2026-yil
image

Joriy o‘quv yilida tumandagi 33 ta umumta’lim maktabi hamda 1 ta ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan maktab-internatini jami 1 067 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi.

 

Yangibozor tumanida umumta’lim maktablarini a’lo baholar bilan tamomlagan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida tumandagi 33 ta umumta’lim maktabi hamda 1 ta ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan maktab-internatini jami 1 067 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi.

Ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishgan bitiruvchilarga oltin va kumush medallar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Yangibozor tumani hokimi Alisher Masharipov ishtirok etib, bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi hamda ularning kelgusidagi ta’lim va mehnat faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Mazkur taqdirlash marosimi yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, ustozlarning fidokorona mehnati va ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi natijasi sifatida alohida e’tirof etildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb