Yangiliklar

.

Xorazm jamoasi “Vazir kubogi”ning respublika bosqichida ishtirok etish uchun Namangan viloyatiga yo‘l oldi

30-iyun 2026-yil
image

Mazkur musobaqa ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportni ommalashtirish hamda jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Urganch temiryo‘l vokzalida “Vazir kubogi” sport musobaqasining respublika bosqichida ishtirok etadigan Shovot tumanidagi 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi ayollar jamoasini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jamoa a’zolari Namangan viloyatida o‘tkaziladigan final bosqichida Xorazm viloyati sharafini himoya qiladi. Sportchilar musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda, yuksak ishonch va g‘alabaga intilish ruhida yo‘l oldilar.

Mazkur musobaqa ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportni ommalashtirish hamda jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xorazm viloyati jamoasiga respublika bosqichida omad, munosib ishtirok va yorqin g‘alabalar tilaymiz.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb