Yangiliklar
Xorazm viloyatida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining viloyat bosqichi boshlandi
26-iyun 2026-yil
Mazkur musobaqa maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh iste’dodlarni aniqlash hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan.
Xiva shahridagi 15-son maktabgacha ta’lim tashkilotida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining viloyat bosqichiga start berildi.
Musobaqada viloyatning barcha tuman va shaharlaridan saralab olingan 6–7 yoshli iqtidorli tarbiyalanuvchilar ishtirok etib, gimnastika yo‘nalishidagi tayyorgarligi, epchilligi, chaqqonligi hamda jismoniy imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Mazkur musobaqa maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh iste’dodlarni aniqlash hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra eng yaxshi natija qayd etgan jamoa va ishtirokchilar munosib taqdirlanadi.