Yangiliklar
XORAZMDA “YILNING ENG FAOL YOSH XODIMI” ANIQLANDI!
29-iyun 2026-yil
Mazkur yutuq yosh mutaxassislarning tizim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, fidoyiligi va izlanuvchanligining yana bir yorqin e’tirofi bo‘ldi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda shahar va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi metodisti Shaxobaddin Atajanov yuqori bilim, kasbiy mahorat, tashabbuskorlik hamda jamoatchilik ishlaridagi faolligi bilan ajralib turib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib diplom hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Mazkur yutuq yosh mutaxassislarning tizim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, fidoyiligi va izlanuvchanligining yana bir yorqin e’tirofi bo‘ldi.
Hamkasbimiz Shaxobaddin Atajanovni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi respublika bosqichida ham Xorazm sharafini munosib himoya qilib, ulkan zafarlarga erishishini tilaymiz.