Yangiliklar

.

Xiva tumanida bolalar kamoloti yo‘lida muhim qadam — “Ilk rivojlanish markazi” faoliyati boshlandi

16-iyun 2026-yil
image

#Ilk_rivojlanish_markazi

Xiva tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim loyiha hayotga tatbiq etildi. Bugun tumandagi 3-son umumta’lim maktabining bo‘sh turgan qismi zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinib, “Ilk rivojlanish markazi” foydalanishga topshirildi.

Mazkur markaz bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, qobiliyatlarini rivojlantirishi va jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Bir vaqtning o‘zida 90 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan markazda ta’limiy mashg‘ulotlar, ijodiy to‘garaklar, rivojlantiruvchi o‘yinlar hamda tarbiyaviy tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan.

 Ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga individual yondashuv asosida xizmat ko‘rsatish, zarur hollarda ularning xonadonlariga borib ta’lim berish tizimining joriy etilgani markazning eng muhim jihatlaridan biridir.

Shuningdek, bu yerda 3–6 yoshli bolalar uchun qisqa muddatli o‘yin guruhlari ham tashkil etilib, ularning ilk rivojlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 Yangi markazning ishga tushirilishi tumandagi bolalarning sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb