Yangiliklar

.

 Xorazmda “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

5-iyun 2026-yil
image

Tadbir avvalida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i, p.f.f.d. (PhD), dotsent Pardayeva Mexriniso Doniyorovna kirish so‘zi bilan ishtirokchilarni qutladi hamda metodik marafonning pedagoglar kasbiy rivojlanishidagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

 

Xorazm viloyatida pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika miqyosidagi “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

 Tadbirda Respublika Ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi mutaxassisi Sevara Matkarimova, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tursunbek Nurmetov hamda Xorazm viloyat Pedagogik mahorat markazi direktor o‘rinbosari Muzaffar Matnazarov ishtirok etib, marafonning mazmun-mohiyati, pedagoglar kasbiy rivojlanishidagi ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir avvalida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i, p.f.f.d. (PhD), dotsent Pardayeva Mexriniso Doniyorovna kirish so‘zi bilan ishtirokchilarni qutladi hamda metodik marafonning pedagoglar kasbiy rivojlanishidagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

 Tadbir davomida:
 Zamira Bilolova  tomonidan “Bolalar va qurolli mojarolar: psixologik xavfsizlik va idoralararo himoya”;
 Sevara Xasanova tomonidan “Ekologik ta’limda kreativ yondashuvlar va dizayn fikrlash” mavzularida ma’ruzalar taqdim etilmoqda.

Shuningdek, marafon doirasida matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, o‘qish savodxonligi hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari, taqdimotlar va tajriba almashish maydonlari tashkil etilgan. 

 “Metodik marafon” pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy metodlarni amaliyotga joriy etish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb