Yangiliklar

.

Yangiariqda yozgi sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

4-iyun 2026-yil
image

“O‘yin orqali o‘rganamiz, harakat orqali chiniqamiz” shiori ostida o‘tkazilgan seminarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

 

Bugun Yangiariq tumanidagi 19-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 26-maydagi 185-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan tuman seminari bo‘lib o‘tdi.

“O‘yin orqali o‘rganamiz, harakat orqali chiniqamiz” shiori ostida o‘tkazilgan seminarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminar davomida sog‘lomlashtirish yo‘lakchalari, suv bilan chiniqtiruvchi o‘yinlar, harakatli mashg‘ulotlar, fitobar, musiqa va ijodiy markazlar faoliyati hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar amaliy namoyish etildi. Ishtirokchilarga yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb