Yangiliklar

.

Xorazmda “Vazir jamg‘armasi” ustamasi uchun ikkinchi bosqich suhbatlari davom etmoqda

3-iyun 2026-yil
image

 Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim tizimida yuqori natijalarga erishayotgan, kasbiy mahoratini muntazam oshirib borayotgan hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.

 

Ayni paytda Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ustama olish uchun nomzod pedagoglarni saralashning ikkinchi bosqich suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Bugungi suhbatlarda filologiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan pedagoglar ishtirok etib, o‘zlarining kasbiy bilim va kompetensiyalarini namoyon qilmoqda.

 Saralash jarayonlari ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, baholash ishlari maxsus elektron platforma orqali amalga oshirilmoqda.

 Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim tizimida yuqori natijalarga erishayotgan, kasbiy mahoratini muntazam oshirib borayotgan hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb