Yangiliklar
Bitiruvchilar uchun muhim sinov jarayoni bo'lib o'tmoqda
2-iyun 2026-yil
Barcha bitiruvchilarimizga yakuniy attestatsiyada omad, yuqori natijalar va yorqin kelajak tilaymiz!
Ayni kunlarda viloyatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 11-sinf bitiruvchilarining belgilngan fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur attestatsiya davomida o‘quvchilar yillar davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyon etmoqdalar.
Imtihon jarayoni belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya etilgan holda, shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilmoqda. Ushbu mas’uliyatli sinov bitiruvchilarning bilim darajasini baholash bilan birga, ularning kelgusi ta’lim bosqichlari va kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratishda muhim o‘rin tutadi.
Barcha bitiruvchilarimizga yakuniy attestatsiyada omad, yuqori natijalar va yorqin kelajak tilaymiz!