Yangiliklar
Bolalarga bering dunyoni!
1-iyun 2026-yil
Bolalar kulgusi va quvonchi bilan yanada fayzli o‘tgan tadbir barchaga unutilmas taassurot ulashdi.
Hazorasp tumanidagi 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bolalarga bering dunyoni” mavzusidagi bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, qo‘shiqlar va raqslar namoyish etilib, bayram ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Bayramda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh. Axmedov bolajonlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Bolalar kulgusi va quvonchi bilan yanada fayzli o‘tgan tadbir barchaga unutilmas taassurot ulashdi.