Yangiliklar

.

Urganch davlat pedagogika instituti faoliyati o‘rganildi

30-may 2026-yil
image

Tashrif davomida institutda ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, pedagog kadrlar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish hamda ta’lim muassasasining rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori Hilola Umarova Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Urganch davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida institutda ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, pedagog kadrlar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish hamda ta’lim muassasasining rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, institut hududida barpo etilayotgan yangi o‘quv binosining qurilish jarayoni ham o‘rganildi. Zamonaviy talablar asosida bunyod etilayotgan mazkur majmua talabalarning sifatli ta’lim olishi va pedagoglar faoliyati uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb