Yangiliklar

.

So‘nggi qo‘ng‘iroq

25-may 2026-yil
image

So‘nggi qo‘ng‘iroq

 

Bugun 25-may kuni viloyatimizdagi barcha maktablarda “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyatidagi mavjud 561 ta davlat umumta’lim maktabida 360 ming nafardan ziyod o‘quvchilar ushbu quvonchli bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz umumta’lim maktablari bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — bu nafaqat maktab bilan xayrlashuv, balki yangi orzular va katta maqsadlar sari tashlangan muhim qadamdir.

Fotolavhalarda Urganch shahridagi 7-sonli maktabda o‘tkazilayotgan tadbir jarayonlari aks etgan.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb