Yangiliklar
XORAZMDA “INFOTEACH – 2026” RESPUBLIKA FORUMI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI
22-may 2026-yil
INFOTEACH – 2026
RAQAMLI TA’LIM
Urganch davlat universitetida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida informatika fani o‘qituvchilari uchun “INFOTEACH – 2026” respublika forumi tashkil etildi.
Mazkur forum pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda raqamli ta’lim muhitini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Forumda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan 500 nafardan ortiq informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘z bilim va malakalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida tajribali mentor va mutaxassislar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda amaliy seminar-treninglar o‘tkazildi:
informatika darslarida zamonaviy raqamli platformalardan samarali foydalanish;
Python dasturlash asoslari va zamonaviy dasturlash muhitlari;
kiberxavfsizlik va raqamli mas’uliyat;
loyiha asosida o‘qitish (PBL) metodikasi.
Shuningdek, forum doirasida ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mahorat darslari ham tashkil etildi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.