Yangiliklar

.

Xorazmda “Kutubxonachilar kuni” munosib nishonlandi

21-may 2026-yil
image

21-may — “Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan Urganch shahridagi 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

 

Tadbirda  Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q.Zaripov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi M.Rahimova, umumta’lim maktablari kutubxonachilari hamda soha fidoyilari иштирок etdilar.

So‘zga chiqqanlar barcha kutubxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning yosh avlodni kitobsevarlik va ma’naviyat ruhida tarbiyalashdagi beqiyos hissasini alohida ta’kidladilar.

 Tadbir davomida viloyatda faol va namunali mehnat qilib kelayotgan bir guruh kutubxonachilar munosib taqdirlandi.

Xususan, Gurlan tumani 30-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxona mudirasi Xudayberganova Surayyo Yarimmetovna “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak e’tirof fidoyi kutubxonachilarimizning sharafli mehnatiga berilgan munosib baho bo‘ldi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb