Yangiliklar

.

Xorazmlik o‘quvchi-qizlar — respublika bosqichi g‘oliblari!

20-may 2026-yil
image

#Muhandislik_Ixtirochilik_olimpiadasi_final

 

Joriy yilning 15–18-may kunlari “Muhandislik-ixtirochilik” olimpiadasining yakuniy respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, mazkur nufuzli olimpiadada Xorazm viloyati sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli o‘quvchi-qizlar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:

Ibadullayeva Gulsanam Ollabergan qizi — Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi
 “Mexotronika va robototexnika” yo‘nalishi bo‘yicha
Qiz bolalar o‘rtasida — 1-o‘rin

 Xasanova Nafisa Murodjonovna — Urganch shahar 22-son umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi
 “Yashil energetika va elektr qurilmalari” yo‘nalishi bo‘yicha
 Qiz bolalar o‘rtasida — 2-o‘rin

 Ushbu yuksak natija bilan g‘olib o‘quvchilarimizni, ularning fidoyi ustozlari hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz.

 Sizlarning intilish, bilim va iqtidorlaringiz kelajakdagi katta yutuqlarning mustahkam poydevoridir!

 Ma’lumot uchun:
“Muhandislik-ixtirochilik” olimpiadasining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bakalavriat yo‘nalishlariga imtihonsiz, qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga kirish huquqini beruvchi hamda 3 yil amal qiluvchi sertifikat topshiriladi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb