Yangiliklar
Hurmatli ota-onalar, fidoyi ustozlar va aziz o‘quvchilar!
13-may 2026-yil
Hurmat bilan,
Xamro Bektemirov
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yaqinlashmoqda. Bu kun har bir bitiruvchi va o‘quvchi qalbida unutilmas, quvonchli va samimiy lahzalar bilan muhrlanib qolishi lozim.
Shu munosabat bilan, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tartibli, xavfsiz, ortiqcha dabdaba va noqonuniy pul yig‘imlarisiz tashkil etish zarurligini eslatib o‘taman hamda quyidagi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rayman:
turli sabablar bilan ota-onalar va o‘quvchilardan pul yig‘ish;
o‘quvchilar tomonidan avtomashinalarda ommaviy sayr va xavfli yurishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
ortiqcha hashamat va dabdabali tadbirlar o‘tkazish;
sovg‘a-salomlar uchun majburiy yig‘imlar uyushtirish;
dasturxon bezatish yoki boshqa tashkiliy ishlar uchun mablag‘ talab qilish;
o‘qituvchi yoki maktab ma’muriyati nomidan noqonuniy xarajatlar yig‘ish;
har qanday majburiy to‘lovlarga yo‘l qo‘yish.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — bu avvalo ma’naviy qadriyatlar, ustozlarga ehtirom, minnatdorlik va ezgulik bayramidir. Uni sodda, mazmunli va tarbiyaviy ruhda o‘tkazish barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlaringizning xavfsizligi, odob-axloqi va qonuniy xatti-harakatlari uchun siz ham mas’ul ekanligingizni unutmang.
Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, amaldagi qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘riladi.
Agar siz noqonuniy pul yig‘ish yoki boshqa salbiy holatlarga duch kelsangiz, tegishli tashkilotlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Keling, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayramini farzandlarimiz xotirasida yorqin taassurot qoldiradigan xavfsiz muhitda o‘tkazaylik!
Hurmat bilan,
Xamro Bektemirov
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i