Yangiliklar
Hazorasp tumanida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovi bo‘lib o‘tdi
7-may 2026-yil
Ishtirokchilar belgilangan 3 ta shart asosida o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, kasbiy tajriba hamda innovatsion yondashuvlarini ko‘rsatdilar.
Joriy yilning 6-may kuni Xorazm viloyati Hazorasp tumani 25-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlovda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakili Y. Raxmonova hamda 13-son umumta’lim maktabining logoped-o‘qituvchisi M. Beknazarova ishtirok etib, inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan pedagoglar o‘zaro bellashdilar.
Ishtirokchilar belgilangan 3 ta shart asosida o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, kasbiy tajriba hamda innovatsion yondashuvlarini ko‘rsatdilar.
Mazkur tanlov maxsus pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda inklyuziv ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.