Yangiliklar
Xorazmda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
1-may 2026-yil
Bugungi tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar viloyat birinchiligi uchun o‘zaro bellashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli tanlovning II (viloyat) bosqichi ochilish marosimi Urganch shahridagi Ma’mun universitetining 5-binosida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ochib berib, ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Bugungi tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar viloyat birinchiligi uchun o‘zaro bellashmoqda.