Yangiliklar
Urganch tumanida voleybol musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi
29-aprel 2026-yil
G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlari ayol xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining Urganch tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviylik, epchillik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, murosasiz bellashuvlar olib bordilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – 7-son maktab jamoasi
2-o‘rin – MTM jamoasi
3-o‘rin – 8-19 son maktab jamoalari
G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz. Ularga keyingi bosqichlarda ham omad va ulkan zafarlar tilaymiz.