Yangiliklar
Kelajak sari ilk qadamlar
28-aprel 2026-yil
Darsni sinf rahbari Nilufar Hayitboyeva yuqori saviyada olib bordi.
Urganch shahridagi 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-"A" sinfida “Kelajak soati” doirasida “Innovatsion fikrlash” mavzusida qiziqarli va mazmunli dars tashkil etildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar:
- muammolarni mustaqil hal qilish,
- yangi va noodatiy g‘oyalar yaratish,
- zamonaviy texnologiyalarni anglash,
- hayotda faol va tashabbuskor bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirdilar.
Ayniqsa, o‘quvchilarda kreativ (ijodiy) fikrlashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu esa bir masalaga turli yondashuvlar topish, yangicha fikr yuritish hamda “odatiy qoliplardan tashqarida” o‘ylash kabi muhim ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Darsni sinf rahbari Nilufar Hayitboyeva yuqori saviyada olib bordi.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodning innovatsion fikrlashi — ertangi taraqqiyotimiz poydevoridir!