Yangiliklar

.

Yangiariq tumanida kasbiy mahorat sinovi davom etmoqda

24-aprel 2026-yil
image

Eng munosib ishtirokchilar saralanib, keyingi bosqichga yo‘l olish uchun astoydil bellashmoqdalar.

 

Yangiariq tumanida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining 2-bosqichi qizg‘in va faol ruhda bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda barcha nominatsiyalar bo‘yicha eng ilg‘or va tajribali direktor o‘rinbosarlari hamda pedagoglar o‘zlarining innovatsion loyiha taqdimotlari bilan ishtirok etib, kasbiy mahoratlarini namoyish etmoqdalar.

Har bir taqdimot yangicha yondashuv, ilg‘or g‘oya va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarning yorqin ifodasiga aylanmoqda.

Tanlov jarayonlari o‘zaro bahs-munozaralar, qiziqarli savol-javoblar hamda samimiy fikr almashinuvlari bilan yanada mazmunli o‘tmoqda.

Eng munosib ishtirokchilar saralanib, keyingi bosqichga yo‘l olish uchun astoydil bellashmoqdalar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb