Yangiliklar

.

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish bo‘yicha maktabgacha ta’lim mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan uch kunlik o‘quv-treninglar boshlandi

23-aprel 2026-yil
image

Trening mashg‘ulotlari tajribali mentor-trenerlar tomonidan olib borilmoqda.

 

Mazkur treningni markaz direktori Jasurbek Salayev ochib berib, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlarni keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tursunbek Nurmetov ishtirok etib, soha rivojida malakali mutaxassislarni tayyorlashning o‘rni beqiyos ekanini qayd etdi hamda ishtirokchilarga samimiy tilaklarini bildirdi.

Trening mashg‘ulotlari tajribali mentor-trenerlar tomonidan olib borilmoqda. Jumladan:

  • Dilfuza Mamadaliyeva – Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazi bo‘lim boshlig‘i
  • Nilufar Kurbanova – Toshkent shahar, Chilonzor tumani 538-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari
  • Shaxnoza Xasanova – metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi maktabgacha ta’lim metodisti

Trening davomida tinglovchilar “Ilk qadam” dasturi asosida bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga samarali tatbiq etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydilar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb