Yangiliklar

.

“Jasorat uchqunlari” — Xorazm viloyat bosqichi yuqori ruhda o‘tkazildi!

22-aprel 2026-yil
image

#Jasorat_uchqunlari

Xorazm viloyatida “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining hududiy bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Mazkur musobaqa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, jamoaviylik va intizomni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Unda “Jasorat sinflari”ning 5-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Musobaqa quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi:
— saf tayyorgarligi
— tibbiy ko‘nikmalar
— robototexnika
— huquqiy savodxonlik
— milliy sport o‘yinlari

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb