Yangiliklar

.

XORAZMDA FAVQULODDA VAZIYATLARGA TAYYORGARLIK AMALIY MUSTAHKAMLANMOQDA

20-aprel 2026-yil
image

Mashg‘ulotda boshqarma xodimlari, o‘qituvchilar bilan bir qatorda o‘quvchilar ham faol ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

 

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bunday holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Urganch shahridagi 13-son umumta’lim maktabi binosida tashkil etilib, “Obyektlarda favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda xodimlarni muhofaza qilish tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirish” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda boshqarma xodimlari, o‘qituvchilar bilan bir qatorda o‘quvchilar ham faol ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Mashg‘ulot davomida:

fuqarolarni xavfsiz hududga tartibli evakuatsiya qilish,
yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish,
favqulodda vaziyatlarda tezkor xizmatlar bilan hamkorlikda harakat qilish

bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.

Jarayonga tegishli tashkilotlar mutaxassislari, yong‘in o‘chirish texnikalari hamda tez tibbiy yordam brigadalari jalb etildi.

Mazkur turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini bosqichma-bosqich viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirlar ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb