Yangiliklar

.

XORAZMLIK O‘QUVCHI TANLOV G‘OLIBI BO‘LDI

17-aprel 2026-yil
image

#soliq_bilimlari

 

«Soliq bilimlari – yosh avlodga» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Quvonarlisi, mazkur tanlovda Xorazm viloyati, Xiva tumani 39-son umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Dilnura Kamilova munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

U “Soliqlar mavzusining suratlardagi tasviri” yo‘nalishida (5–7-sinflar) o‘zining ijodkorligi, badiiy didi va mavzuni chuqur anglagan holdagi yondashuvi bilan ajralib turdi.

Mazkur yutuq yosh avlodning soliq bilimlariga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

G‘olibani samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ishlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb