Yangiliklar
“Tabiat bolalar nigohida” — musaffo qalblar ifodasi
14-aprel 2026-yil
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi yuksak saviyada o‘tkazildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi yuksak saviyada o‘tkazildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son qarori hamda tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilib, bolalarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat va atrof-muhitni asrab-avaylash tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.
Tanlovda:
MTT bosqichida – 4149 nafar tarbiyalanuvchi
tuman (shahar) bosqichida – 566 nafar
viloyat bosqichida – 26 nafar iqtidorli bolajonlar ishtirok etdi
2026-yil 14-aprel kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan viloyat bosqichi chinakam bayram ruhida tashkil etildi.
G‘oliblar:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – Urganch shahar 11-son DMTT tarbiyalanuvchisi Annamurodali Erkinov
2-o‘rin – Yangibozor tumani 26-son DMTT tarbiyalanuvchisi Azizbek Bahodirov
3-o‘rin – Shovot tumani 41-son DMTT tarbiyalanuvchisi Musobek Bobojonov
Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – Yangibozor tumani 17-son DMTT tarbiyalanuvchisi Kumushoy Tursunbekova
2-o‘rin – Urganch shahar 25-son DMTT tarbiyalanuvchisi Iymona Allaberganova
3-o‘rin – Xiva shahar 8-son DMTT tarbiyalanuvchisi Sabrina Zafarbekova
Tanlov yakunida barcha g‘oliblar va faol ishtirokchilar esdalik hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.