Yangiliklar

.

XORAZMDA “ROBO-CODING” OLIMPIADASINING UCHINCHI – HUDUDIY BOSQICHI START OLDI

13-aprel 2026-yil
image

Bugungi bellashuv 5–8-sinf o‘quvchilari o'rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

 Bugun yosh iqtidor egalari ishtirokida “ROBO-CODING” olimpiadasining uchinchi – hududiy bosqichi o‘z ishini boshladi.

Bugungi bellashuv 5–8-sinf o‘quvchilari o'rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

 Olimpiada jarayonlari Urganch shahar Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi Urganch filiali binosida yuqori darajada tashkil etilgan.

 Mazkur olimpiada o‘quvchilarning dasturlash, robototexnika va algoritmik fikrlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ularning ijodiy va innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

 14-aprel kuni esa bellashuvlar 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida davom ettiriladi.

 “ROBO-CODING” — kelajak dasturchilari va ixtirochilari uchun katta imkoniyatlar maydoni!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb