Yangiliklar
XORAZMDA NAVBATDAGI E'TIROF
9-aprel 2026-yil
Mazkur mukofotni Xorazm viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i N.Djumaniyazova tantanali ravishda topshirdi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik xizmat sho‘basi boshlig‘i Tillayev Baxodir Botirovich sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofotni Xorazm viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i N.Djumaniyazova tantanali ravishda topshirdi.
Ushbu e’tirof Baxodir Tillayevning yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘quvchilarni sportga keng jalb etish borasidagi samarali faoliyatining munosib bahosi hisoblanadi.