Yangiliklar
Xorazm viloyatida malaka (test) sinovlariga start berildi
7-aprel 2026-yil
Sinovlar Urganch shahridagi 17-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Malaka sinov markazi”da bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu sinov jarayonlarini shaffof va sifatli tashkil etish maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Kimyo fanidan o‘tkaziladigan sinovlarda 460 nafar o‘qituvchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Jarayon avvalida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov markazga tashrif buyurib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Sinov jarayonlarini quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin:
https://cams.uzedu.uz/