Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

XORAZM VILOYATIDA O‘QUVCHILAR KASB-HUNARGA YO‘NALTIRILMOQDA

8-fevral 2023-yil
image

Xiva shahridagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga ikkita xorijiy – ingliz va fransuz tili o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuning barobarida ularga 17 ta yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, qandalotchilik, naqqoshchilik, palos to‘qish, gilamchilik, ayollar va erkaklar sartaroshi, tikuvchilik, kompyuter dasturlash, maishiy texnika tuzatish, fotogrof, tunukachilik, mobil telefon ustasi, kulolchilik, kashtachilik kasb-hunarlarini o‘rgatish bo‘yicha maxsus xonalar tashkil qilindi va  jihozlandi.

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonidan respublikamizdagi umumta’lim maktablarini bitirib chiqayotgan o‘quvchilar endilikda ikkita tilda bemalol muloqot qila olishi va biror hunar egasi bo‘lib chiqishlari lozimligi ilgari surilgan edi. 

Mazkur tashabbus doirasida Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari boshlab yuborildi. 

Xususan, Xiva shahridagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga ikkita xorijiy – ingliz va fransuz tili o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuning barobarida ularga 17 ta yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, qandalotchilik, naqqoshchilik, palos to‘qish, gilamchilik, ayollar va erkaklar sartaroshi, tikuvchilik, kompyuter dasturlash, maishiy texnika tuzatish, fotogrof, tunukachilik, mobil telefon ustasi, kulolchilik, kashtachilik kasb-hunarlarini o‘rgatish bo‘yicha maxsus xonalar tashkil qilindi va  jihozlandi. Tajribali va o‘z ishining mohiri bo‘lgan ustozlar biriktirildi.

Maktabda bugungi kunda jami 400 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, 7-11-sinf o‘quvchilaridan 220 nafari  to‘garaklarga jalb qilindi.

Bugun mazkur maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishga bag‘ishlangan viloyat miqyosida seminar tashkil qilindi.

Seminarda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov, tuman va shahar hokimlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Xamro Bektemirov, tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va maktab direktorlari  ishtirok qildilar.

Tadbir davomida barcha ishtirokchilar o‘quvchilarni xorijiy til va kasb-hunar o‘rganishlari uchun tashkil qilingan xonalarni va to‘garak jarayonlarini kuzatdilar. Ularga bu yo‘lda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar xususida yo‘nalish berildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. 

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb