Yangiliklar

.

Sun’iy intellekt olimpiadasi: Xorazm yoshlari TOP-100 talikda!

2-aprel 2026-yil
image

 Joriy yilning 30–31-mart kunlari Sun’iy intellekt olimpiadasining viloyat bosqichi 2 ta (dasturlash va test) turda onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi.

 Ushbu sinov natijalariga ko‘ra, Xorazm viloyatidan 10 nafar iqtidorli yoshlarimiz Respublika bo‘yicha TOP-100 talik ro‘yxatiga kiritildi:

 Xudayberganov Allanazar Umid – Shovot tumani IMI
Quronboyev Azizbek Alisher o‘g‘li – Urganch shahri 1-son IMI
Xudayberganov Ilyosbek Nurniyaz – Xiva shahri 1-son IMI
Atajonov Jamshidbek O‘tkirbek o‘g‘li – Bog‘ot tumani IM
Yaqubov Iso Anvarovich – Bog‘ot tumani IM
Bekchonova Farangiz Dilshod qizi – Bog‘ot tumani IM
Razzakov Otajon Dilshodbek o‘g‘li – Urganch shahri 1-son IMI
 Qo‘ziboyeva Gulmira Bekzod qizi – Xiva shahri 1-son IMI
 Yusupov Amirbek Mansurbek o‘g‘li – Urganch shahri 10-maktab
 Yo‘ldosheva Zuxra Maxmudjon qizi – Shovot tumani 23-maktab

 Shuningdek, nizom talablari asosida yana 2 nafar ishtirokchi respublika bosqichining 1-turiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi:

 Matyaqubov Behruzbek Bakpo‘lat o‘g‘li – Xiva shahri 1-son IMI
 Qutlimuratov Shamsiddin Rashidbek o‘g‘li – Hazorasp tumani IM

 Endilikda ular joriy yilning 15-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichining 1-turida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.

 Xorazmning intellektual salohiyatini yuksak darajada namoyon etishga shaylangan yoshlarimizga ulkan zafarlar tilaymiz!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb