Yangiliklar

.

Xorazmda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida muhim tashrif amalga oshirildi

1-aprel 2026-yil
image

Mazkur tashrif ta’lim muassasalari infratuzilmasini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) ishtirokida amalga oshirilayotgan “Davlat umumta’lim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Xorazm viloyatiga navbatdagi missiya tashrifi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 Joriy yilning 30–31-mart kunlari bo‘lib o‘tgan tashrif davomida:

 yuqori yuklama bilan faoliyat yuritayotgan maktablarda qo‘shimcha o‘quv binolari qurish imkoniyatlari o‘rganildi,
Xiva shahridagi 7-sonli, Shovot tumanidagi 1-sonli hamda Urganch tumanidagi 24-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurildi.

 Shuningdek, viloyat hokimligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas’ullari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilib, loyihani samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 Mazkur tashrif ta’lim muassasalari infratuzilmasini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb