Yangiliklar

.

Boshqarma boshlig‘i bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi

26-mart 2026-yil
image

Bunday samimiy uchrashuvlar yoshlar bilan muloqot qilish, ularning fikrlarini eshitish va kelajak avlodni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

 Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov Yangibozor tuman hokimligi binosida bitiruvchi o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning kelajakdagi rejalari, tanlagan kasblari va oliy ta’limga tayyorgarlik darajasi muhokama qilindi. Shuningdek, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

 Mazkur takliflar asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, amaliy chora-tadbirlar belgilanishi, shuningdek, bildirilgan muammo va takliflarni o‘rganish hamda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullariga vazifalar belgilandi.

Bunday samimiy uchrashuvlar yoshlar bilan muloqot qilish, ularning fikrlarini eshitish va kelajak avlodni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb