Yangiliklar

.

“El-yurt umidi” — yoshlar kelajagiga ochilgan eshik!

25-mart 2026-yil
image

Uchrashuv davomida yoshlarga xorijda ta’lim olish imkoniyatlari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari, tanlov jarayonlari va kelajakdagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Bugun Urganch davlat universiteti binosida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori G. Ismailova, viloyat hokimi o‘rinbosari S. Salayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X. Bektemirov, UrDU rektori F. Madrahimova ishtirok etdilar. Shuningdek, ZOOM platformasi orqali 6000 nafardan ziyod bitiruvchilar ham faol qatnashdilar.

 Uchrashuv davomida yoshlarga xorijda ta’lim olish imkoniyatlari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari, tanlov jarayonlari va kelajakdagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Ta’kidlanganidek, bu tashabbusning asosiy maqsadi — iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishdir.

 Bugungi uchrashuv yoshlarga yangi maqsad va ilhom bag‘ishladi. Ular o‘z kelajagini katta orzular va aniq rejalar bilan bog‘lamoqda.

 Eslatib o‘tamiz, “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari respublika bo‘ylab 31-martga qadar davom etadi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb