Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“VILOYAT HOKIMI OLIMPIADASI” G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

6-fevral 2023-yil
image

Viloyat hokimligi tomonidan
1-o‘rinni egalllagan o‘quvchilar 5 mln so‘m,
2-o‘rinni egalllagan o‘quvchilar 4 mln so‘m,
3-o‘rinni egalllagan o‘quvchilar 3 mln so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Xabaringiz bor, kecha 5-fevral kuni  “Viloyat hokimi olimpiadasi” boʻlib oʻtdi. 
Olimpiadada 146 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari matematika fanidan o‘zaro bellashdilar.  

Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida faxrli o‘rinlarni quyidagi o‘quvchilar egalladilar:
1-o‘rin – Hazorasp tumanidagi “To‘lqin-FM” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchisi Munisbek Bekchanboyev;
2-o‘rin – Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Otanazar Saparov;
3-o‘rin – Xonqa tumanidagi 33-son maktab o‘quvchisi Aslbek To‘rayev.

8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida faxrli o‘rinlarni quyidagi o‘quvchilar egalladilar:
1-o‘rin – Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Shoxruz Bobojonov;
2-o‘rin – Hazorasp tumanidagi “To‘lqin-FM” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchisi Bunyod Iskandarov;
3-o‘rin – Yangiariq tumanidagi 11-son maktab o‘quvchisi Maxmudjon Bog‘ibekov.

Viloyat hokimligi tomonidan
1-o‘rinni egalllagan o‘quvchilar 5 mln so‘m,
2-o‘rinni egalllagan o‘quvchilar 4 mln so‘m,
3-o‘rinni egalllagan o‘quvchilar 3 mln so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb