Yangiliklar

.

URGANCH TUMANIDA YANGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

18-mart 2026-yil
image

Urganch tumani “Oq maktab” mahallasida yana bir zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlarga o‘z eshiklarini ochdi!

 

Urganch tumani “Oq maktab” mahallasida yana bir zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlarga o‘z eshiklarini ochdi!

 “Quvonch Kids” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan, 300 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi hudud aholisi, ayniqsa jajji bolajonlar uchun haqiqiy bayramga aylandi.

 Tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari S. Salayev, tuman hokimligi vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

 Mamlakatimizda nodavlat ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq, Xorazm viloyatida ham maktabgacha ta’lim qamrovi sezilarli darajada oshmoqda.

 Yangi tashkil etilgan ushbu muassasa Urganch tumanida qamrov darajasini yana 1,8 foizga oshirish imkonini yaratdi.

 So‘nggi yillarda:
 16 820 o‘rinli 115 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari
 36 552 o‘rinli 1408 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari
 Qator xususiy nodavlat ta’lim muassasalari tashkil etildi

Natijada viloyatda maktabgacha ta’limga qamrov 83 foizga yetdi!

 Bugungi kunda amalga oshirilayotgan har bir shunday loyiha – kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevordir. “Quvonch Kids” maktabgacha ta’lim tashkiloti ham yosh avlodni bilimli, tarbiyali va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishda muhim maskan bo‘lishiga ishonamiz.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb