Yangiliklar

.

Yoshlar o‘rtasida sport sinovlariga start berildi!

17-mart 2026-yil
image

#Jismoniy_tayyorgarlik

 

 Bugun 7–17 yoshdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va musobaqalarga rasman start berildi.

 Mazkur tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilib, yoshlarni jismoniy faollikka keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

 Urganch shahridagi 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida onlayn shaklda o‘tkazilgan ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i N.Djumaniyazova hamda soha faollari ishtirok etib, o‘quvchilarga omad tiladilar.

 Shuningdek, tadbir barcha tuman va shaharlarda onlayn tarzda tashkil etilib, bir vaqtning o‘zida start oldi.

 Endilikda sport sinovlari bosqichma-bosqich o‘tkazilib, o‘quvchilarning tezlik, kuch, chidamlilik va chaqqonlik kabi jismoniy ko‘rsatkichlari baholanadi.

 Eng yaxshi natija qayd etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, sport maktablariga saralab olinadi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb