Yangiliklar

.

Yil boshi – Navroʻz

16-mart 2026-yil
image

#Kelajak_soati

 

  Umumtaʼlim maktablarida navbatdagi “Kelajak soati” mashgʻuloti “Yil boshi – Navroʻz” mavzusida koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

Mashgʻulot davomida o‘quvchilarga Navroʻz bayramining tarixiy ildizlari, uning tabiat uygʻonishi, yangilanish va ezgulik timsoli ekani haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar Navroʻzga xos urf-odat va anʼanalar — sumalak sayllari, xalq oʻyinlari, sayilgohlar, mehr-oqibat va bagʻrikenglik kabi qadriyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Guruhlar kesimida o‘tkazilgan muhokamalar, videomateriallar hamda taqdimotlar mashgʻulotning yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.

  Mazkur darslar yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, tabiatga mehr va hamjihatlik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb