Yangiliklar
Xorazmda “Shaxmat festivali” viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
13-mart 2026-yil
#Natijalar
2026-yil 12-mart kuni Xiva shahridagi 18-son umumta’lim maktabida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Shaxmat festivali” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyat bo‘yicha jami 26 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi. Ularning 13 nafari o‘g‘il bolalar, 13 nafari qiz bolalardan iborat bo‘lib, yosh shaxmatchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etdilar.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Urganch shahar 30-son DMTT tarbiyalanuvchisi Erkinov Fazliddin Sirojiddin o‘g‘li
2-o‘rin — Bog‘ot tumani “Saodatjon-Rohatjon” DXSh asosidagi NMTT tarbiyalanuvchisi Safarboev Shaxboz Maqsadbek o‘g‘li
3-o‘rin — Xonqa tumani 44-son DMTT tarbiyalanuvchisi Yusufboev Shoxrux Baxtiyor o‘g‘li
Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Urganch shahar 18-son DMTT tarbiyalanuvchisi Shuxratova Gulira’no Xudoyorovna
2-o‘rin — Shovot tumani 15-son DMTT tarbiyalanuvchisi Matqurbonova Solixa Dilmurod qizi
3-o‘rin — Yangibozor tumani 6-son DMTT tarbiyalanuvchisi Marimboeva Shoira Jaxongir qizi
Musobaqa yakunida barcha g‘olib va faol ishtirokchilar esdalik hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.