Yangiliklar

.

“Biz giyohvandlikka qarshimiz” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

4-mart 2026-yil
image

anlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

Joriy yil 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 2-yanvardagi 04-37-370-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch shahridagi 13-son maktabda “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov insho yozish va rasm chizish yo‘nalishlarida tashkil etilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 13 nafardan, jami 26 nafar tuman va shahar bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.

 Insho yo‘nalishi bo‘yicha:
 Marksova Malika – Xonqa tumani 49-maktab (1-o‘rin)
 Karimboyeva Mohinur – Shovot tumani 29-maktab (2-o‘rin)
 Satimova Charos – Yangiariq tumani 13-maktab (3-o‘rin)

 Rasm chizish yo‘nalishi bo‘yicha:
 Qazaqova Sevara – Xonqa tumani 23-maktab (1-o‘rin)
 Omonboyeva Dilobar – Gurlan tumani 10-maktab (2-o‘rin)
 Gulimboyeva Asaloy – Yangibozor tumani 6-maktab (3-o‘rin)

Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb