Yangiliklar

.

“Turon maktab teatri” – iste’dodlar sahnaga chiqmoqda!

3-mart 2026-yil
image

 Sahnada – iste’dod, qalblarda – hayajon, ko‘zlarda – porloq kelajak!

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda teatr madaniyati va san’atini yanada rivojlantirish maqsadida 6–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon maktab teatri” respublika tanlovi e’lon qilingan edi.

Ayni kunlarda Xiva shahrida mazkur tanlovning shahar bosqichi ko‘tarinki ruhda va qizg‘in bahs-munozaralar ostida bo‘lib o‘tmoqda. Iqtidorli o‘quvchilar sahna orqali o‘z mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurot va iliq kayfiyat ulashmoqda.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirishdan iborat.

 Sahnada – iste’dod, qalblarda – hayajon, ko‘zlarda – porloq kelajak!

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb