Yangiliklar
G‘oyalar maktabdan boshlanadi — endi u startapga aylanadi
2-mart 2026-yil
Xorazmda bilim endi nafaqat natija, balki investitsiyaga olib boradigan kuchga aylanmoqda.
Al-Xorazmiy universitetida tashkil etilgan PRO SKILL Startup Studioning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ham ishtirok etdi.
Tadbirda alohida ta’kidlanganidek, startap tafakkuri yoshlar ongida aynan maktab davridan shakllanishi lozim.
Bugungi kunda Xorazmdagi maktablar zamonaviy fanlarni o‘qitishga moslashtirilmoqda. IT, robototexnika, xorijiy tillar va aniq fanlar bo‘yicha yangi bosqich boshlandi. O‘quvchilar xalqaro olimpiadalarda munosib natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Ayniqsa, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari yuqori ko‘rsatkichlari bilan viloyat salohiyatini namoyon etmoqda.
Endilikda maktabda shakllangan g‘oya universitet muhitida rivojlanib, real startap loyihaga aylanishi uchun imkoniyat yaratildi.
Bu — uzluksiz ta’lim va innovatsiya zanjiri.
Bu — yoshlarning o‘z kelajagini o‘zi yaratishi uchun mustahkam poydevor.
Xorazmda bilim endi nafaqat natija, balki investitsiyaga olib boradigan kuchga aylanmoqda.