Yangiliklar
Savol: Xususiy bog‘cha ochish uchun qanday imkoniyat va imtiyozlar mavjud?
24-fevral 2026-yil
#Savol_javob
Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiнинг 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 19-son Farmoniga muvofiq, maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)larda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratildi.
2026-yil 1-apreldan boshlab:
Ta’lim tashkilotlarining bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti ochishga ruxsat beriladi (Toshkent shahri mustasno).
30 yil davomida ijara to‘lovi undirilmaydi.
30 yil yakunida tashkil etilgan muassasa davlat balansiga topshiriladi.
Har bir bola uchun davlat bog‘chasidagi xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi (9 soatlik ish rejimida, elektron davomat asosida).
Mazkur tartib hududlarda maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.